So'z sanash nima uchun kerak?
So'z va belgi sanash — kopirayter, SMM mutaxassis, talaba va SEO mutaxassisning har kunlik ehtiyoji. Har platformaning o'z qat'iy limiti bor: Google title 60 belgidan keyin kesiladi, Telegram post 4096 belgidan oshmaydi, Instagram caption 2200 belgi bilan cheklangan. Limitdan oshgan matn kesiladi yoki umuman joylanmaydi — natijada xabar yarmi yo'qoladi.
Kopirayting bozorida esa narx an'anaviy ravishda 1000 belgi probelsiz hisobida kelishiladi. Shuning uchun bu tool belgilarni probelsiz va probel bilan alohida ko'rsatadi — buyurtmachi bilan hisob-kitobda aniq bo'lasiz.
Platformalar bo'yicha belgi limitlari (2026)
Eng ko'p ishlatiladigan platformalarning real limitlari — matn yozishdan oldin shu jadvalga qarang:
| Platforma / joy | Limit | Izoh |
|---|---|---|
| Google SEO title | 50-60 belgi | ~600 piksel; uzuni "..." bilan kesiladi |
| Google meta description | 150-160 belgi | Snippetda ko'rinadigan qism |
| Telegram post | 4 096 belgi | Oddiy matnli xabar |
| Telegram caption | 1 024 belgi | Rasm/video ostidagi izoh |
| Instagram caption | 2 200 belgi | Lentada ~125 belgi ko'rinadi |
| Instagram bio | 150 belgi | Profil tavsifi |
| X (Twitter) post | 280 belgi | Bepul akkauntlar uchun |
| YouTube sarlavha | 100 belgi | Tavsiya: asosiysi birinchi 70 belgida |
| LinkedIn post | 3 000 belgi | "Ko'proq" tugmasi ~210 belgidan keyin |
| SMS (lotin) | 160 belgi | Kirillda — 70 belgi (Unicode) |
SEO uchun so'z soni muhimmi?
To'g'ridan-to'g'ri reyting omili emas — Google "minimal so'z soni" talab qilmaydi. Lekin amaliyotda mavzuni to'liq ochgan sahifalar odatda uzunroq bo'ladi. Bizning tajribamizda (Innosoft, 50+ loyiha GSC ma'lumotlari): xizmat sahifalari 1,000+ so'z, blog postlar 1,500+ so'z bo'lganda TOP-10 ga chiqish ehtimoli sezilarli oshadi. Muhimi — so'z soni emas, savolga to'liq javob.
Title va description uzunligini optimallashtirishdan boshlang: bu eng tez natija beradigan SEO ishi. Batafsil — Innosoft SEO xizmati sahifasida.
Tool qanday ishlaydi?
- Matnni yuqoridagi maydonga yozing yoki qo'ying (Ctrl+V).
- Statistika har tugma bosilishida avtomatik yangilanadi: so'zlar, belgilar (probelsiz/probel bilan), gaplar, xatboshilar.
- O'qish vaqti (~200 so'z/daq) va gapirish vaqti (~130 so'z/daq) ham hisoblanadi.
- "Nusxa olish" — matnni buferga oladi, "Tozalash" — maydonni bo'shatadi.
Hammasi brauzerda ishlaydi — matn internetga yuborilmaydi, shuning uchun maxfiy hujjatlar uchun ham xavfsiz.
Boshqa foydali tool va xizmatlar
- Sayt tezligini tekshirish — bepul PageSpeed / Core Web Vitals test
- SEO xizmati — to'liq audit va optimizatsiya
- Google'da tez chiqadigan sayt qanday yaratiladi