ERP tizimi: savdo, ombor va moliya bitta bazada
Tayyor Davirix ERP'ni jarayoningizga moslab joriy qilamiz yoki noyob jarayonlar uchun maxsus tizim quramiz — 12 mln so'mdan. Ishga tushirish bitta bo'limdagi pilotdan boshlanadi, AI agentlar esa biznesni har 15 daqiqada tekshiradi.
- 14 modul bitta bazada
- Dollar va so'm yonma-yon, QQS
- Bulutda yoki o'z serveringizda
Yangilangan: 25-oktabr, 2026

- 4.9★ Google, 14 ta sharh
- 3+ yil bozorda
- 24 ta loyiha portfolioda
- Davirix ERP 2026-yil sentyabridan production'da
ERP tizimi nima?
ERP (Enterprise Resource Planning) — kompaniyaning savdo, ombor, ta'minot, moliya va buxgalteriyasini bitta bazada yurituvchi boshqaruv tizimi. Bitta savdo bir vaqtning o'zida qoldiq, qarz, kassa va provodkani yangilaydi. Rahbar raqamlarni Excel fayllardan yig'maydi: har bir ko'rsatkichning manba hujjati bor va uni yashirincha o'zgartirib bo'lmaydi.
ERP'gacha va ERP'dan keyin
O'sib borayotgan biznesdagi muammolarning ko'pi kimdir qo'lda yozgan raqamdan boshlanadi.
- Qoldiq Excel'da yuritiladi va javondagi bilan mos kelmaydiQoldiq kirim, transfer, savdo va hisobdan chiqarish hujjatlaridan yig'iladi
- Filiallar kechqurun fayl almashadi, raqamlar ertasi kuni keladiDo'konlar, omborlar va markaziy kassa kechki almashuvsiz bitta bazada
- Nasiya daftarda, muddati o'tgan qarz kech bilinadiHar mijozga qarz limiti va to'lov jadvali, muddati o'tganini AI agent topadi
- Chegirma va xarajatni kim tasdiqlagani noma'lumLimitdan oshgan chegirma, qarz va xarajat tasdiqqa ketadi, har amal jurnalda
- Dollar kursi har hisobotda qo'lda qayta hisoblanadiHar bir hujjatga o'sha kungi kurs yoziladi, hisobot kerakli valyutada chiqadi
- Muammo oy oxiridagi hisobotda ko'rinadiAI agentlar har 15 daqiqada oltita signalni tekshirib, muammoni mas'ulga topshiradi
ERP ichida nima bor
Davirix ERP'ning 14 moduli bitta bazada ishlaydi. Maxsus tizimda esa faqat sizga kerakli modullar quriladi.
Savdo va kassa
Naqd, karta, o'tkazma, nasiya va aralash to'lov; skaner bilan chek, smena va qaytarish.
Ombor
Ko'p omborli hisob, kirim, transfer, qabul va farqlarni tasdiq bilan yopish.
Ta'minot va import
Xarid buyurtmasi, avans, transport va bojxona xarajati tannarxga taqsimlanadi.
Moliya
Mijoz va ta'minotchi qarzlari muddati bo'yicha, kassa, bank va pul oqimi.
Buxgalteriya
Avtomatik provodkalar, aylanma qaydnoma, balans, QQS va davrni yopish.
Loyiha va smeta
Versiyali smeta, material ehtiyoji va loyihaga chiqimni smeta bilan solishtirish.
Servis va kafolat
Servis chiptasi, ish buyurtmasi, seriya raqam bo'yicha kafolat tarixi.
Nazorat
Tasdiqlash navbati, chegirma va qarz limitlari, yopilgan davr qulfi, audit jurnali.
Bitta savdo — beshta yangilanish
- 1
Kassir chek uradi
Skaner bilan tovar tanlanadi, to'lov naqd, karta yoki nasiyada qabul qilinadi.
- 2
Qoldiq kamayadi
O'sha do'kon ombori qoldig'i hujjat asosida darhol o'zgaradi.
- 3
Kassa yoki qarz yangilanadi
Naqd tushum smenaga, nasiya esa mijozning qarz kartasiga yoziladi.
- 4
Provodka yoziladi
Buxgalteriya yozuvi avtomatik, qo'lda takror kiritish yo'q.
- 5
Rahbar ko'radi
Do'kon, kassir va tovar kesimidagi savdo va marja hisobotda real vaqtda.
ERP o'zini o'zi kuzatadi
AI rahbar beshta mutaxassis agent bilan ishlaydi: savdo, ombor, moliya, nazorat va ta'minot. Har taklif dalil bilan keladi, qarorni rahbar qabul qiladi.
Kam yoki tugagan qoldiq
Tez sotilayotgan tovar tugash arafasida bo'lsa, markaziy ombordan transfer vazifasini taklif qiladi.
Muddati o'tgan qarz
Qarzni topib, mas'ul menejerga undirish vazifasini summa, limit va oxirgi to'lov sanasi bilan beradi.
Kassa farqi
Smena yopilganda farq chiqsa, nazoratchiga smena va kassir ma'lumoti bilan tekshiruv vazifasi beradi.
Turib qolgan transfer
48 soatdan ortiq qabul qilinmagan transferni topib, mas'ulga vazifa qo'yadi.
Davirix: biz qurgan ERP production'da ishlaydi
Bu sahifadagi har bir imkoniyat nazariya emas. Davirix — Innosoft jamoasi qurgan ERP platforma. Toshkentdagi tizim integratorining showroom, do'konlar tarmog'i va markaziy ombori 2026-yil sentyabridan shu tizimda ishlaydi.
- do'kon va showroom
- 9
- markaziy ombor
- 1
- tovar pozitsiyasi
- 8 800+
- xodim tizimda
- ≈20
- 14 modul bitta bazada: savdo, ombor, ta'minot, moliya, buxgalteriya, loyiha, servis
- AI rahbar va beshta mutaxassis agent biznesni har 15 daqiqada tekshiradi
- Windows va Linux desktop ilova, web konsol, Telegram, Python SDK va REST API

Mahalliy qoidalar va integratsiyalar
Joriy etishda tizim kompaniyangiz ishlaydigan mahalliy servislar va qoidalarga ulanadi.
- Milliy hisoblar rejasi va QQS
- Asosiy valyuta so'm, dollar yonma-yon
- Onlayn-NKM yoki virtual kassa bilan fiskal chek
- Payme, Click, Uzum va bank terminallari
- Elektron hisob-faktura va e-TTN (Didox va boshqalar)
- Raqamli markirovka (Asl belgisi)
- O'zbek va rus tilidagi interfeys
- Telegram: QR orqali ulash va kunlik hisobot
ERP qanday joriy qilinadi
Litsenziyani topshirib ketib qolmaymiz. Joriy etish — natijasi o'lchanadigan loyiha, va u har doim eng og'riqli bo'limdan boshlanadi.
- 1
Uchrashuv
Rahbar bilan 30–45 daqiqa: nima og'riyapti, nima o'zgarishi kerak, qaysi dasturlar ishlatilyapti.
- 2
Biznes audit
Savdo, ombor va pul bugun aslida qanday harakatlanishini xaritaga tushiramiz. Muddat va aniq narx shu bosqichdan keyin belgilanadi.
- 3
Sozlash va pilot
Yechimni jarayoningizga moslaymiz va avval bitta bo'limda ishga tushiramiz. Eski dastur bilan parallel ishlash mumkin.
- 4
Joriy etish
Tovar, boshlang'ich qoldiq, mijoz va qarzlarni ko'chiramiz, siz bilan solishtiramiz, xodimlarni o'qitamiz, keyin butun kompaniya.
- 5
AI agentlarni sozlash
Har bir AI xodimning maqsadi va qamrovi, kim nimani tasdiqlashi, rahbarlar uchun Telegram'da kunlik AI hisobot.
ERP narxi: tayyor yoki maxsus
Tayyor Davirix'ni joriy qilish yoki jarayoningiz uchun maxsus tizim qurish. Maxsus tizim narxlari Innosoft narxlar sahifasida e'lon qilingan tariflardan olingan.
Davirix — tayyor ERP
TavsiyaAuditdan keyin
Narx modullar, filiallar va foydalanuvchilar soniga hamda sozlash ishlariga bog'liq. Birinchi uchrashuv bepul.
Kiradi
- Sohangiz uchun tayyor jarayonlar, rollar va hisobotlar
- 14 modul va AI agentlar
- Windows/Linux desktop ilova va web konsol
- Ma'lumot ko'chirish va xodimlarni o'qitish
Kirmaydi
- On-premise variantda server — kompaniyaning o'zida
Savdo boshqaruvi tizimi
12 000 000 so'mdan
Maxsus ishlab chiqiladi: mijozlar, savdo va vazifalar bitta tizimda.
Kiradi
- Mijozlar bazasi va savdolar boshqaruvi
- Vazifalar va asosiy hisobotlar
- Veb-interfeys
- 3 oylik texnik yordam
Kirmaydi
- Mobil versiya
- To'lov tizimlari integratsiyasi
- 1C integratsiyasi
Ishlab chiqarish va ombor tizimi
15 000 000 so'mdan
Maxsus ishlab chiqiladi: reja, ombor va xom ashyo bitta tizimda.
Kiradi
- Ishlab chiqarishni rejalashtirish va bosqichlari
- Omborxona boshqaruvi va xom ashyo hisobi
- Xodimlar boshqaruvi, asosiy hisobotlar
- 3 oylik texnik yordam
Kirmaydi
- Mobil versiya
- Sifat nazorati moduli
- 1C integratsiyasi
Korporativ tizim
30 000 000 so'mdan
Murakkab jarayonlar, integratsiya va yuqori yuklama uchun.
Kiradi
- Biznes jarayonlar avtomatizatsiyasi
- 1C, SAP va boshqa ERP tizimlar bilan integratsiya
- BI integratsiyasi va maxsus API
- 12 oylik texnik yordam
Maxsus tizim narxlari — boshlang'ich; yakuniy narx auditdan keyin yozma taklifda qat'iy belgilanadi. Barcha narxlar →
Excel, alohida dasturlar yoki ERP?
Ko'pchilik kompaniya ERP'ga Excel va bir nechta alohida dasturdan keladi. Asosiy farqlar:
Excel + Telegram
- Qoldiq qayerdan olinadi
- Qo'lda yoziladi
- Filiallar
- Fayl almashish
- Raqamni kim o'zgartirdi
- Bilib bo'lmaydi
- Dollar va so'm
- Qo'lda hisob
- Muammo qachon bilinadi
- Oy oxirida
- Narx
- Dastur uchun to'lov yo'q
Alohida dasturlar
- Qoldiq qayerdan olinadi
- Har dasturda o'ziniki
- Filiallar
- Ko'pincha alohida bazalar
- Raqamni kim o'zgartirdi
- Dasturga qarab
- Dollar va so'm
- Dasturga qarab
- Muammo qachon bilinadi
- Hisobot tuzilganda
- Narx
- Har dasturga alohida
ERP (Davirix)
- Qoldiq qayerdan olinadi
- Kirim, transfer va savdo hujjatlaridan
- Filiallar
- Bitta baza, xodim o'z filialini ko'radi
- Raqamni kim o'zgartirdi
- Har amal muallif va vaqt bilan jurnalda
- Dollar va so'm
- Har hujjatda o'sha kungi kurs
- Muammo qachon bilinadi
- 15 daqiqada, AI agent signali bilan
- Narx
- Davirix — auditdan keyin, maxsus — 12 mln so'mdan
Taqqoslash umumiy holatni ko'rsatadi: alohida dasturlar to'plami har kompaniyada har xil bo'ladi.
ERP qachon kerak emas
ERP har bir biznes uchun emas. Quyidagi holatlarda avval boshqa yo'lni tavsiya qilamiz.
Bitta do'kon, bitta kassa
Filial, ombor va nasiya bo'lmasa, oddiy kassa dasturi yetarli. ERP'ning foydasi bo'limlar va filiallar ko'payganda ochiladi.
Jarayon hali shakllanmagan
Savdo va ombor tartibi har oy o'zgarsa, avval jarayonni kelishib olish kerak. Audit aynan shu ishdan boshlanadi.
1C buxgalteriyasi yaxshi ishlaydi
Faqat ombor yoki mijozlar bilan ishlash kerak bo'lsa, 1C'ni almashtirish shart emas: integratsiya ko'pincha arzonroq.
ERP haqida ko'p so'raladigan savollar
Muallif: Innosoft jamoasi — Davirix ERP'ni qurgan muhandislar · Yangilangan: 25-oktabr, 2026
Soha bo'yicha ERP yechimlari
Ombor hisobi dasturi
Ko'p omborli hisob, transfer, inventarizatsiya va import tannarxi hujjat bilan.
Do'konlar tarmog'i uchun dastur
Kassa va smena, nasiya limitlari, do'konlar qoldig'i va markaziy kassa.
Ishlab chiqarish uchun ERP
Texnologik karta, xom ashyo sarfi va haqiqiy tannarx kalkulyatsiyasi.
1C alternativi
1C'dan o'tish yoki u bilan integratsiya: qachon nima to'g'ri, halol taqqoslash.
AI agentlar bilan boshqaruv
AI rahbar va mutaxassis agentlar biznesni kuzatadi, taklif qiladi, natijani tekshiradi.
Davirix keysi
Innosoft qurgan ERP ekotizimi: 14 modul, AI agentlar, production'da 9 do'kon.
Kompaniyangiz uchun ERP'ni muhokama qilamiz
30–45 daqiqalik uchrashuvda jarayonlaringizni ko'rib chiqamiz va qaysi yo'l to'g'ri ekanini aytamiz: tayyor Davirix, maxsus tizim yoki mavjud dasturlaringiz integratsiyasi.
Tayyor ERP'ni ko'rmoqchimisiz?
Davirix'ning jonli demosi sohangizdan olingan misolda o'tadi.
davirix.com'da demo