Kompaniyani AI agentlar bilan boshqarish
AI rahbar beshta mutaxassis agent bilan biznesingizni har 15 daqiqada tekshiradi, muammoni dalil bilan mas'ul xodimga topshiradi va natijani o'lchaydi. Har agentga qancha erkinlik berishni siz belgilaysiz: faqat tahlildan siyosat doirasidagi avtomatik ijrogacha.
+998 77 016 87 88· Qo'ng'iroq qilish- AI rahbar + 5 mutaxassis agent
- 4 avtonomiya darajasi
- Har amal audit jurnalida
Yangilangan: 25-oktabr, 2026

- 4.9★ Google, 14 ta sharh
- 3+ yil bozorda
- 24 ta loyiha portfolioda
- Davirix ERP 2026-yil sentyabridan production'da
AI agentlar bilan boshqaruv nima?
Bu ERP ma'lumotlari ustida ishlaydigan AI xodimlar tarmog'i. Ular savdo, ombor, qarz va kassani xodimlaringiz bilan bitta bazada ko'radi, muammoni o'zi topadi, dalil va aniq harakat bilan taklif beradi va natija bo'ldimi-yo'qmi tekshiradi. Qaror va nazorat rahbarda qoladi: har agentning erkinligini siyosat belgilaydi.
Rahbar hamma narsani o'zi kuzatolmaydi
Kompaniya o'sgani sari rahbarning vaqti nazoratga ketadi. AI agentlar aynan shu ishni oladi:
- Rahbar har kuni filiallarga qo'ng'iroq qilib holatni so'raydiAI rahbar har 15 daqiqada oltita signalni tekshiradi, kunlik holat Telegram'ga keladi
- Muammo xodim aytgandagina bilinadiKam qoldiq, kechikkan qarz va kassa farqini agent o'zi topadi
- Topshiriq berildi, lekin bajarildimi — noma'lumMuddat tugagach agent oldingi va keyingi holatni solishtiradi; hal bo'lmasa, qayta ochadi
- Bir muammo bo'yicha o'nlab takror xabarTakrorlar qo'shilmaydi, eskirgan taklif 72 soatda yopiladi
- AI'ga pul va hujjatni ishonish xavfliAI pul o'tkazmaydi, hujjat o'chirmaydi; yozish huquqi faqat filial va summa chegarali siyosat bilan
Har bir bo'lim uchun tayyor AI xodim
Har AI xodim shablondan 9 qadamli ustada yaratiladi: maqsad, ko'rsatma, qamrov, avtonomiya, byudjet, tasdiq tartibi va jadval.
AI rahbar
Butun biznesni beshta mutaxassis bilan kuzatadi: kunlik holat tahlili, dalilli takliflar, natija tekshiruvi.
Sotuv yordamchisi
Qoldiq, narx va mijoz qarzi bo'yicha javob beradi; Telegram'da mijozga siz tanlagan rejimda yozadi.
Ombor tahlilchisi
Kam qoldiq, tovar yoshi va sotilish tezligini kuzatadi, nimani ko'chirish yoki to'ldirishni ko'rsatadi.
Servis yordamchisi
Chipta holati, navbat, kafolat muddati va seriya raqam tarixi bo'yicha javob beradi.
Chuqur tahlil
Egasi uchun maslahatchi: ma'lumotni faqat o'qiydi, hech narsani o'zgartirmaydi, batafsil tahlil beradi.
Yordam
Har xodimga dasturdan foydalanishni o'zbek va rus tilida o'rgatadi, 100+ qo'llanma sahifasiga tayanadi.
Ish sikli
Kuzatadi, tahlil qiladi, taklif qiladi, bajaradi va tekshiradi — har bir muammo uchun.
Xavfsizlik siyosati
Har ishga tushish va vosita chaqiruvi sababi, ishonch darajasi va modeli bilan jurnalga yoziladi.
Erkinlikning to'rt darajasi
- 1
Faqat tahlil
Berilgan holat bo'yicha fikr bildiradi. Vositalarga murojaat qilmaydi.
- 2
Qoralama
Ma'lumotni o'qiydi va taklif tayyorlaydi. Hech narsani o'zgartirmaydi.
- 3
Tasdiq bilan
Har bir amal oldidan odam tasdiqlaydi. Sukut bo'yicha shu rejim.
- 4
Siyosat doirasida avtomatik
Belgilangan xavf darajasi va siyosat ichida o'zi ishlaydi, chegaradan tashqarisi tasdiqqa ketadi.
Har 15 daqiqada tekshiriladigan signallar
Bundan tashqari har kuni tushum, marja, kassa, qarzlar va ombor qiymati bo'yicha holat tahlil qilinadi.
Kam qoldiq
Tovar tugash arafasida: transfer yoki to'ldirish vazifasi omborchiga.
Tugagan tovar
Sotuvdagi pozitsiya nolga tushdi: qayerdan olib kelish mumkinligi bilan taklif.
Transfer 48 soat
Qabul qilinmagan transfer: do'kon mudiriga vazifa.
Muddati o'tgan qarz
Summa, limit va oxirgi to'lov sanasi bilan: undirish vazifasi menejerga.
Kechikkan vazifa
Muddati o'tgan vazifalar ko'paysa: qayta taqsimlash taklifi.
Kassa farqi
Smena yopilganda farq: nazoratchiga smena va kassir ma'lumoti bilan.
Davirix: biz qurgan ERP production'da ishlaydi
Bu sahifadagi har bir imkoniyat nazariya emas. Davirix — Innosoft jamoasi qurgan ERP platforma. Toshkentdagi tizim integratorining showroom, do'konlar tarmog'i va markaziy ombori 2026-yil sentyabridan shu tizimda ishlaydi.
- do'kon va showroom
- 9
- markaziy ombor
- 1
- tovar pozitsiyasi
- 8 800+
- xodim tizimda
- ≈20
- 14 modul bitta bazada: savdo, ombor, ta'minot, moliya, buxgalteriya, loyiha, servis
- AI rahbar va beshta mutaxassis agent biznesni har 15 daqiqada tekshiradi
- Windows va Linux desktop ilova, web konsol, Telegram, Python SDK va REST API

AI agentlar har kungi ishda
AI alohida dastur emas — xodimlar ishlaydigan joyda turadi:
- Ilova ichida: AI xodim paneli (Ctrl+I)
- AI takliflari ekrani: qabul qilish yoki sabab bilan rad etish
- Telegram: mijoz suhbatlari to'rt rejimda
- Rahbarlar uchun Telegram'da kunlik AI hisobot
- Kompaniya hujjatlari asosida bilim bazasi
- Ovozli agent va qo'shimcha AI amallari
ERP qanday joriy qilinadi
Litsenziyani topshirib ketib qolmaymiz. Joriy etish — natijasi o'lchanadigan loyiha, va u har doim eng og'riqli bo'limdan boshlanadi.
- 1
Uchrashuv
Rahbar bilan 30–45 daqiqa: nima og'riyapti, nima o'zgarishi kerak, qaysi dasturlar ishlatilyapti.
- 2
Biznes audit
Savdo, ombor va pul bugun aslida qanday harakatlanishini xaritaga tushiramiz. Muddat va aniq narx shu bosqichdan keyin belgilanadi.
- 3
Sozlash va pilot
Yechimni jarayoningizga moslaymiz va avval bitta bo'limda ishga tushiramiz. Eski dastur bilan parallel ishlash mumkin.
- 4
Joriy etish
Tovar, boshlang'ich qoldiq, mijoz va qarzlarni ko'chiramiz, siz bilan solishtiramiz, xodimlarni o'qitamiz, keyin butun kompaniya.
- 5
AI agentlarni sozlash
Har bir AI xodimning maqsadi va qamrovi, kim nimani tasdiqlashi, rahbarlar uchun Telegram'da kunlik AI hisobot.
ERP narxi: tayyor yoki maxsus
Tayyor Davirix'ni joriy qilish yoki jarayoningiz uchun maxsus tizim qurish. Maxsus tizim narxlari Innosoft narxlar sahifasida e'lon qilingan tariflardan olingan.
Davirix — tayyor ERP
TavsiyaAuditdan keyin
Narx modullar, filiallar va foydalanuvchilar soniga hamda sozlash ishlariga bog'liq. Birinchi uchrashuv bepul.
Kiradi
- Sohangiz uchun tayyor jarayonlar, rollar va hisobotlar
- 14 modul va AI agentlar
- Windows/Linux desktop ilova va web konsol
- Ma'lumot ko'chirish va xodimlarni o'qitish
Kirmaydi
- On-premise variantda server — kompaniyaning o'zida
Savdo boshqaruvi tizimi
12 000 000 so'mdan
Maxsus ishlab chiqiladi: mijozlar, savdo va vazifalar bitta tizimda.
Kiradi
- Mijozlar bazasi va savdolar boshqaruvi
- Vazifalar va asosiy hisobotlar
- Veb-interfeys
- 3 oylik texnik yordam
Kirmaydi
- Mobil versiya
- To'lov tizimlari integratsiyasi
- 1C integratsiyasi
Ishlab chiqarish va ombor tizimi
15 000 000 so'mdan
Maxsus ishlab chiqiladi: reja, ombor va xom ashyo bitta tizimda.
Kiradi
- Ishlab chiqarishni rejalashtirish va bosqichlari
- Omborxona boshqaruvi va xom ashyo hisobi
- Xodimlar boshqaruvi, asosiy hisobotlar
- 3 oylik texnik yordam
Kirmaydi
- Mobil versiya
- Sifat nazorati moduli
- 1C integratsiyasi
Korporativ tizim
30 000 000 so'mdan
Murakkab jarayonlar, integratsiya va yuqori yuklama uchun.
Kiradi
- Biznes jarayonlar avtomatizatsiyasi
- 1C, SAP va boshqa ERP tizimlar bilan integratsiya
- BI integratsiyasi va maxsus API
- 12 oylik texnik yordam
Maxsus tizim narxlari — boshlang'ich; yakuniy narx auditdan keyin yozma taklifda qat'iy belgilanadi. Barcha narxlar →
Chatbot, skript yoki AI agentlar?
Uchalasi ham "avtomatlashtirish" deb ataladi, lekin vazifasi boshqa:
Chatbot
- Qaysi ma'lumotni ko'radi
- Suhbat matnini
- Muammoni topadi
- So'ralganda javob beradi
- Taklif beradi
- Yo'q
- Natijani tekshiradi
- Yo'q
- Nazorat
- Suhbat sozlamalari
Skript yoki RPA
- Qaysi ma'lumotni ko'radi
- Belgilangan ekran va jadvalni
- Muammoni topadi
- Qoida yozilgan bo'lsa
- Taklif beradi
- Yo'q
- Natijani tekshiradi
- Yo'q
- Nazorat
- Skript ruxsatlari
Davirix AI agentlari
- Qaysi ma'lumotni ko'radi
- Butun ERP bazasini, o'z qamrovi doirasida
- Muammoni topadi
- O'zi: 6 signal har 15 daqiqada
- Taklif beradi
- Dalil, jiddiylik va aniq harakat bilan
- Natijani tekshiradi
- Oldingi va keyingi holatni solishtiradi
- Nazorat
- 4 avtonomiya darajasi, siyosat, audit jurnali
Faqat savdo yoki qo'llab-quvvatlash chatboti kerak bo'lsa, bu alohida xizmat — AI agent yaratish sahifasiga qarang.
AI nima qilmaydi
Kompaniyani AI agentlar bilan boshqarish — rahbarsiz kompaniya degani emas.
Pul o'tkazmaydi
AI pul o'tkazmaydi va hujjat o'chirmaydi. Pul va ombor hujjatlari odamda qoladi, AI ular bo'yicha vazifa va taklif tayyorlaydi.
Odamdan ko'p huquq olmaydi
AI xodimning roli uni yaratgan odamnikidan keng bo'lolmaydi. Tasdiqlaydigan odam bo'lmasa, amal bajarilmaydi.
Istalgan payt o'chadi
Bitta sozlama bilan AI butunlay o'chadi, ERP esa ishlashda davom etadi. Ishga tushish va suhbatlarga kunlik limit qo'yiladi.
AI agentlar bilan boshqaruv haqida savollar
Muallif: Innosoft jamoasi — Davirix ERP'ni qurgan muhandislar · Yangilangan: 25-oktabr, 2026
ERP klasteridagi boshqa yechimlar
ERP tizimi joriy qilish
Savdo, ombor, moliya va buxgalteriya bitta bazada: tayyor Davirix yoki maxsus tizim.
HR tizimi va davomat
Kadrlar, shartnoma, jadval, kamera va terminal orqali davomat, inson va AI xodimlar.
Ombor hisobi dasturi
Ko'p omborli hisob, transfer, inventarizatsiya va import tannarxi hujjat bilan.
Do'konlar tarmog'i uchun dastur
Kassa va smena, nasiya limitlari, do'konlar qoldig'i va markaziy kassa.
1C alternativi
1C'dan o'tish yoki u bilan integratsiya: qachon nima to'g'ri, halol taqqoslash.
Davirix keysi
Innosoft qurgan ERP ekotizimi: 14 modul, AI agentlar, production'da 9 do'kon.
Aloqador xizmatlar
Kompaniyangiz uchun ERP'ni muhokama qilamiz
30–45 daqiqalik uchrashuvda jarayonlaringizni ko'rib chiqamiz va qaysi yo'l to'g'ri ekanini aytamiz: tayyor Davirix, maxsus tizim yoki mavjud dasturlaringiz integratsiyasi.
Tayyor ERP'ni ko'rmoqchimisiz?
Davirix'ning jonli demosi sohangizdan olingan misolda o'tadi.
davirix.com'da demo