Ishlab chiqarish

Ishlab chiqarish uchun ERP: xom ashyodan tannarxgacha

Xom ashyo qayerga sarflangani va mahsulot necha pulga tushgani aniq ko'rinadi. Xarid, ombor, moliya va buxgalteriya tayyor keladi, texnologik karta va tannarx esa sexingizdagi haqiqiy jarayon bo'yicha sozlanadi. Maxsus tizim — 15 mln so'mdan.

Davirix keysini ko'rish
  • Texnologik karta va sarf me'yorlari
  • Material, mehnat va qo'shimcha xarajat
  • 1C yoki Excel bilan parallel o'tish

Yangilangan: 25-oktabr, 2026

Davirix ombor ekrani: materiallar qoldig'i omborlar kesimida va ochiq hujjatlar
  • 4.9★ Google, 14 ta sharh
  • 3+ yil bozorda
  • 24 ta loyiha portfolioda
  • Davirix ERP 2026-yil sentyabridan production'da

Ishlab chiqarish ERP'i nima?

Xom ashyo xaridi, ombori, ishlab chiqarish buyurtmasi, tannarx va moliyani bitta bazada yurituvchi tizim. Texnologik karta mahsulot tarkibi va sarf me'yorini belgilaydi, har bir chiqim esa buyurtmaga bog'lanadi. Natijada me'yordan oshgan sarf darhol ko'rinadi, tannarx esa oy oxirida taxminan emas, hujjatlardan hisoblanadi.

Tanish holatmi?

Sexdagi pul qayerga ketadi

Qurilish materiallari, oziq-ovqat va ichimliklar, to'qimachilik, plastmassa va qadoq, metall konstruksiyalar ishlab chiqaruvchilarida eng ko'p uchraydigan holatlar:

  • Xom ashyo sarfi me'yordan oshadi, kim oshirgani noma'lum
    Har chiqim hujjat bilan: qaysi buyurtmaga, qancha, kim chiqardi; ortiqcha sarf darhol ko'rinadi
  • Tannarx oy oxirida taxminan hisoblanadi
    Xom ashyo narxi, import va qo'shimcha xarajatlar hujjatlardan yig'iladi, narx haqiqiy raqamga tayanadi
  • Ombor, ta'minot va buxgalteriya alohida dasturda
    Xariddan to'lovgacha va provodkagacha bitta tizim; bir ma'lumot uch marta kiritilmaydi
  • Xom ashyo tugagani sex to'xtaganda bilinadi
    Xom ashyo qoldig'i kamayganda AI agent ta'minot uchun vazifa taklif qiladi
  • Ta'minotchiga to'lov unutiladi
    Muddati o'tgan ta'minotchi to'lovini AI agent moliyaga vazifa qilib beradi
Imkoniyatlar

Korxona uchun bitta tizim

Xarid, ombor, moliya va buxgalteriya tayyor keladi. Texnologik karta, buyurtma va tannarx modeli sexingizga moslab sozlanadi.

Xom ashyo ombori

Ko'p omborli hisob, kirim, rezerv, transfer, inventarizatsiya va hisobdan chiqarish.

Ta'minot va import

Xarid buyurtmasi, avans, buyurtma-kirim-faktura solishtiruvi, import tannarxi.

Texnologik karta

Mahsulot tarkibi, sarf me'yorlari va kartaning versiyalari.

Ishlab chiqarish buyurtmasi

Xom ashyo chiqimi va tayyor mahsulot kirimi buyurtmaga bog'lanadi.

Tannarx kalkulyatsiyasi

Material, mehnat va qo'shimcha xarajat bo'yicha haqiqiy tannarx.

Moliya

Qarzlar, kassa va bank, byudjet va pul oqimi.

Buxgalteriya va asosiy vositalar

Avtomatik provodkalar, QQS, davrni yopish; uskunalar ro'yxati va amortizatsiya.

Xodimlar

Tuzilma, ish jadvali va davomat; tasdiqlash limitlari va audit jurnali.

Xariddan sotuvgacha

  1. 1

    Xom ashyo xaridi

    Buyurtma, import tannarxi, ta'minotchi qarzi.

  2. 2

    Xom ashyo ombori

    Kirim, qoldiq, inventarizatsiya, rezerv.

  3. 3

    Texnologik karta

    Mahsulot tarkibi va sarf me'yorlari.

  4. 4

    Ishlab chiqarish

    Xom ashyo chiqimi va tayyor mahsulot kirimi.

  5. 5

    Tannarx

    Material, mehnat va qo'shimcha xarajat.

  6. 6

    Sotuv va moliya

    Tayyor mahsulot savdosi, qarzlar, buxgalteriya.

AI agentlar

Ishlab chiqarishda AI agentlar nima qiladi

Ta'minot, moliya va nazorat agentlari korxonani har 15 daqiqada tekshiradi, rahbar uchun esa chuqur tahlil tayyorlaydi.

Xom ashyo kamayishi

Xom ashyo qoldig'i kamayganda ta'minot uchun vazifa taklif qiladi.

Ta'minotchiga to'lov

Muddati o'tgan ta'minotchi to'lovini ko'rsatib, moliyaga vazifa beradi.

Ish yuki

Kechikkan vazifalar ko'payib ketsa, ularni qayta taqsimlashni taklif qiladi.

Chuqur tahlil

Rahbar uchun xarajat, pul oqimi va qoldiq bo'yicha batafsil tahlil beradi.

Real loyiha

Davirix: biz qurgan ERP production'da ishlaydi

Bu sahifadagi har bir imkoniyat nazariya emas. Davirix — Innosoft jamoasi qurgan ERP platforma. Toshkentdagi tizim integratorining showroom, do'konlar tarmog'i va markaziy ombori 2026-yil sentyabridan shu tizimda ishlaydi.

do'kon va showroom
9
markaziy ombor
1
tovar pozitsiyasi
8 800+
xodim tizimda
≈20
  • 14 modul bitta bazada: savdo, ombor, ta'minot, moliya, buxgalteriya, loyiha, servis
  • AI rahbar va beshta mutaxassis agent biznesni har 15 daqiqada tekshiradi
  • Windows va Linux desktop ilova, web konsol, Telegram, Python SDK va REST API
Davirix AI takliflari ekrani: qoldiq, qarz va kassa farqi bo'yicha dalilli takliflar
Sozlash

Korxonangiz jarayoniga moslab quriladi

Joriy etishda quyidagilar sexingizdagi haqiqiy tartib bo'yicha sozlanadi:

  • Texnologik karta: tarkib, sarf me'yori, versiyalar
  • Yarim tayyor mahsulot va chiqindi hisobi
  • Sexlar, smenalar va ishbay haq
  • Sifat nazorati bosqichlari
  • Import xarajatini tannarxga taqsimlash
  • Milliy hisoblar rejasi va QQS
Jarayon

ERP qanday joriy qilinadi

Litsenziyani topshirib ketib qolmaymiz. Joriy etish — natijasi o'lchanadigan loyiha, va u har doim eng og'riqli bo'limdan boshlanadi.

  1. 1

    Uchrashuv

    Rahbar bilan 30–45 daqiqa: nima og'riyapti, nima o'zgarishi kerak, qaysi dasturlar ishlatilyapti.

  2. 2

    Biznes audit

    Savdo, ombor va pul bugun aslida qanday harakatlanishini xaritaga tushiramiz. Muddat va aniq narx shu bosqichdan keyin belgilanadi.

  3. 3

    Sozlash va pilot

    Yechimni jarayoningizga moslaymiz va avval bitta bo'limda ishga tushiramiz. Eski dastur bilan parallel ishlash mumkin.

  4. 4

    Joriy etish

    Tovar, boshlang'ich qoldiq, mijoz va qarzlarni ko'chiramiz, siz bilan solishtiramiz, xodimlarni o'qitamiz, keyin butun kompaniya.

  5. 5

    AI agentlarni sozlash

    Har bir AI xodimning maqsadi va qamrovi, kim nimani tasdiqlashi, rahbarlar uchun Telegram'da kunlik AI hisobot.

Narxlar

ERP narxi: tayyor yoki maxsus

Tayyor Davirix'ni joriy qilish yoki jarayoningiz uchun maxsus tizim qurish. Maxsus tizim narxlari Innosoft narxlar sahifasida e'lon qilingan tariflardan olingan.

Davirix — tayyor ERP

Davirix

Auditdan keyin

Narx modullar, filiallar va foydalanuvchilar soniga hamda sozlash ishlariga bog'liq. Birinchi uchrashuv bepul.

Kiradi

  • Sohangiz uchun tayyor jarayonlar, rollar va hisobotlar
  • 14 modul va AI agentlar
  • Windows/Linux desktop ilova va web konsol
  • Ma'lumot ko'chirish va xodimlarni o'qitish

Kirmaydi

  • On-premise variantda server — kompaniyaning o'zida

Savdo boshqaruvi tizimi

12 000 000 so'mdan

Maxsus ishlab chiqiladi: mijozlar, savdo va vazifalar bitta tizimda.

Kiradi

  • Mijozlar bazasi va savdolar boshqaruvi
  • Vazifalar va asosiy hisobotlar
  • Veb-interfeys
  • 3 oylik texnik yordam

Kirmaydi

  • Mobil versiya
  • To'lov tizimlari integratsiyasi
  • 1C integratsiyasi

Ishlab chiqarish va ombor tizimi

Tavsiya

15 000 000 so'mdan

Maxsus ishlab chiqiladi: reja, ombor va xom ashyo bitta tizimda.

Kiradi

  • Ishlab chiqarishni rejalashtirish va bosqichlari
  • Omborxona boshqaruvi va xom ashyo hisobi
  • Xodimlar boshqaruvi, asosiy hisobotlar
  • 3 oylik texnik yordam

Kirmaydi

  • Mobil versiya
  • Sifat nazorati moduli
  • 1C integratsiyasi

Korporativ tizim

30 000 000 so'mdan

Murakkab jarayonlar, integratsiya va yuqori yuklama uchun.

Kiradi

  • Biznes jarayonlar avtomatizatsiyasi
  • 1C, SAP va boshqa ERP tizimlar bilan integratsiya
  • BI integratsiyasi va maxsus API
  • 12 oylik texnik yordam

Maxsus tizim narxlari — boshlang'ich; yakuniy narx auditdan keyin yozma taklifda qat'iy belgilanadi. Barcha narxlar →

Taqqoslash

Excel, alohida dasturlar yoki ishlab chiqarish ERP?

Kichik sexda Excel ham yetadi. Mahsulot turlari, xom ashyo va xarajatlar ko'payganda farq shunday:

Excel

Sarf me'yori nazorati
Oy oxirida
Tannarx
Taxminiy
Import xarajati
Alohida hisob
Ma'lumot kiritish
Har faylga qayta
Xom ashyo tugashi
Sex to'xtaganda

Alohida ombor va buxgalteriya

Sarf me'yori nazorati
Ombor chiqimidan alohida
Tannarx
Qo'lda yig'iladi
Import xarajati
Qo'lda taqsimlanadi
Ma'lumot kiritish
Uch marta: ombor, ta'minot, buxgalteriya
Xom ashyo tugashi
Ombor hisobotida

Ishlab chiqarish ERP

Sarf me'yori nazorati
Har chiqim buyurtma va me'yorga bog'langan
Tannarx
Material, mehnat va xarajat hujjatdan
Import xarajati
Kirimga taqsimlanadi
Ma'lumot kiritish
Bir marta, bitta bazada
Xom ashyo tugashi
AI agent ta'minotga vazifa beradi
Halol javob

Joriy etish qanday boshlanadi

Ishlab chiqarishda ERP bir kunda emas, bosqichma-bosqich ishga tushadi.

Avval ombor va ta'minot

Odatda avval xom ashyo ombori va ta'minot ishga tushadi, keyin ishlab chiqarish va tannarx qo'shiladi.

Eski hisob birdaniga to'xtamaydi

O'tish davrida 1C yoki Excel bilan parallel ishlash mumkin. Qaysi sanadan yangi tizim asosiy bo'lishini birga belgilaymiz.

Tayyor yechim, lekin sexingizga sozlanadi

Davirix'ning ishlab chiqarish yechimi tayyor, bugungi production mijozlari esa savdo va ombor sohasida. Shuning uchun texnologik karta va tannarx modeli audit va pilotda sinab sozlanadi.

Savollar

Ishlab chiqarish ERP'i haqida savollar

Muallif: Innosoft jamoasi — Davirix ERP'ni qurgan muhandislar · Yangilangan: 25-oktabr, 2026

Kompaniyangiz uchun ERP'ni muhokama qilamiz

30–45 daqiqalik uchrashuvda jarayonlaringizni ko'rib chiqamiz va qaysi yo'l to'g'ri ekanini aytamiz: tayyor Davirix, maxsus tizim yoki mavjud dasturlaringiz integratsiyasi.

Telegram orqali

Tayyor ERP'ni ko'rmoqchimisiz?

Davirix'ning jonli demosi sohangizdan olingan misolda o'tadi.

davirix.com'da demo